35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Saroy mahallasida bo‘lib, murojaati va muammolari mavjud fuqarolar holatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
Oqrabot mahallasida uchrashuv va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputat bozordagi narx-navo holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimova tashabbusi bilan o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Deputat mahalla faollari bilan birgalikda hashar tashkil etdi.

Hammamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi “Qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi 267-sonli qarori qabul qilindi.
Milliy qadriyatlarimizni asrash, o‘tgan ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni obod qilish musulmonchilik vazifamizdir. Chunki, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari atrofga o‘zgacha fayz, go‘zallik, qalbga surur-iftixor baxsh etadi.
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish, bu maskanlarni xalqimizning ziyorat qilishi, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish va ularning samaradorligini yanada oshirish muhim vazifalar qatoriga kiradi.

Slide 1 of 3