35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda O‘zbekiston "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamkorlikda Qalayi Azizon mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilalarning daromad manbalari, yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Saroy mahallasida bo‘lib, murojaati va muammolari mavjud fuqarolar holatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
Huquqiy ma'lumot

#172_qonun

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 494-sonli “Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va har bir bolaga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
Mazkur qarorga muvofiq, mobil guruhlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ayniqsa maktabgacha ta’lim muassasalari yetarli bo‘lmagan hududlarda yashovchi bolalarni ta’lim bilan qamrab olish, ularni maktabga puxta tayyorlash, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mobil guruhlar zaru o‘quv-metodik vositalar va jihozlar bilan ta’minlanishi, bolalarning intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ota-onalar hamkorlikni kuchaytirish va maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini oshirish ushbu qarorning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube