35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Obodonlashtirish va huquqiy targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar muammolari joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati L. Niyozova hamda "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov Demas mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar farzandlari holidan xabar olib, ularga o‘quv qurollari hamda kiyim-kechaklarni topshirdi.
Qoqsoy mahallasida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati” yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S. Djumanova tomonidan Qoqsoy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish doirasida deputat mahallaning 17 ta ko‘chasidan birida uchrashuv tashkil etib, ko‘chaboshi M. Xudayarov, boshqa ko‘chaboshilar bilan muloqot o‘tkazdi.

💧 Uchrashuv davomida hududda suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘orish tizimining holati, suv taqsimoti, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.