35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilalarning daromad manbalari, yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Saroy mahallasida bo‘lib, murojaati va muammolari mavjud fuqarolar holatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
Oqrabot mahallasida uchrashuv va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Kengash_faoliyati

Bandixon mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi Erkinjon Jo‘rayev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev Bandixon tumanidagi Bandixon mahallasida bo‘lib, Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari atroflicha o‘rganildi. Xususan, ko‘chalar va ichki yo‘llarni tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash va soz holatga keltirish, hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt hamda gul ko‘chatlarini parvarishlash, aholi yashash manzillarining sanitariya holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududdagi bunyodkorlik ishlari sifati, ularning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi hamda obodonlashtirish tadbirlarida fuqarolarning faolligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish va mahalla hududining ozodaligini doimiy ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mahalla faollari, nuroniylar hamda mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, infratuzilmani bosqichma-bosqich rivojlantirish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, mahallalarda obodlik muhitini mustahkamlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholi turmush farovonligini oshirish va fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu bois, "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida boshlangan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilib, har bir mahallaning yanada ko‘rkam, ozoda va yashash uchun qulay maskanga aylanishi yo‘lida zarur choralar izchil amalga oshiriladi.

Obod mahalla – farovon hayot, yuksak kayfiyat va taraqqiyot poydevoridir.

Slide 1 of 1