35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kulolon mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yashnaobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda O‘zbekiston "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamkorlikda Qalayi Azizon mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilalarning daromad manbalari, yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasi orqali 2026-yilning birinchi yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati, tuman rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor va shaxsiy qabullar tahlili to‘g‘risidagi masala doimiy komissiya yig'ilishida ko'rib chiqildi

#19_1_modda
#Doimiy_komissiya_faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasi orqali 2026-yilning birinchi yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati, tuman rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor va shaxsiy qabullar tahlili to‘g‘risidagi masala doimiy komissiya yig'ilishida ko'rib chiqildi

Mazkur davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga tumandagi jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2 969 ta murojaat kelib tushgan, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (3 319 ta) ya’ni 350 taga (12%) murojaatga kamaygan. Shundan, (2 636) ta murojaat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 1 098 ta (41,65%) murojaat ijobiy hal etilgan, 1 379 ta murojaatlarga huquqiy ma’lumot berilib hal etilgan, 9 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan, 63 tasiga tushuntirish berilgan, 39 tasi rad etilgan, 12 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 33 tasini ko‘rib chiqish tugatilgan, 3 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan, 333 ta murojaatlar tegishli davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.  

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2