📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining 12-“Novqa” saylov okrugi deputati Saidova Xafiza tomonidan “Novqa” mahallasida hududda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari va belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida olib borilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida dasturlar ijrosini tizimli monitoring qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.