Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
📋 Sessiya kun tartibida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan 11 ta muhim masala ko‘rib chiqildi.
Jumladan:
🔹 aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish;
🔹 ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish;
🔹 A.Temur va Po‘latchi mahallalarida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish;
🔹 “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish;
🔹 mahallalarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish;
🔹 deputatlik so‘rovlari va Kengash qarorlari ijrosi;
🔹 ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor ta’mirlash;
🔹 gaz ta’minoti sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish;
🔹 melioratsiya, veterinariya va sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash masalalari muhokama qilindi.