Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, O`zLiDeP faoli Ashrapova Iqborxon Qutbitdinovna tashabbusi bilan “Umid” aksiyasi tashkil etib kelinmoqda.
🛜Mazkur aksiya doirasida Yunusobod tumanidagi “Yunusobod” MFY hududida turmush qiyinchiliklariga duch kelgan, farzandlarini yolgʻiz tarbiyalayotgan ayollarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
⛱️☀️Yozgi taʼtil davrida bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etishi hamda ular uchun munosib dam olish sharoitlarini yaratish maqsadida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.
✅“Umid” aksiyasi doirasida oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, onalar va bolalarga gʻamxoʻrlik qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!