Yangiliklar

Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 4-“Navbahor” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi G‘. Eshpulatov, tuman prokurori Husniddin Bektemirov hamda tuman IIB boshlig‘i Elyor Axmedov ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida aholi tomonidan bandlik, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l, kadastr, ijtimoiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa ijroga olinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ularning bajarilishi nazoratga olindi. 

Slide 1 of 4