📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yakubov hamda shahar Kengashi deputati G.Anorboyeva tomonidan 6-“Z.M.Bobur” saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸O‘rganish davomida deputat va kotibiyat vakili “Bobur” MFY “yettiligi” aʼzolari bilan uchrashdi. Muloqot va ko‘zdan kechirish jarayonida hududdagi quyidagi masalalar atroflicha tahlil qilindi:
♻️ Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi tizimi;
🌳 Mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
🛠 Aholi yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi dolzarb vazifalar.
🔸Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hudud tozaligini qat‘iy nazoratga olish bo‘yicha "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikdagi choralar belgilab olindi.