DEPUTAT NAZORATI: YOSHLARNING BO‘SH VAQTI QANDAY O‘TKAZILMOQDA?
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi deputati M.Aminova tomonidan saylov okrugidagi 21-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
Asosiy e’tibor o‘quvchi-yoshlarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni to‘garaklarga jalb qilish holatiga qaratildi.
Ma’naviyat va tarbiya: Maktabdagi vatanparvarlik burchaklari va targ‘ibot ko‘rgazmalari ko‘zdan kechirildi.
Sportga jalb etish: O‘quvchilarning sun’iy qoplamali stadion hamda voleybol va muaytay (boks) jihozlari bilan ta’minlangan sport zalidagi mashg‘ulotlari ko‘zdan kechirildi.
Muloqot: Deputat maktab jamoasi va o‘quvchilar bilan suhbatlashib, to‘garaklar faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi.
Yoshlarimizning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish — ularning porloq kelajagi garovidir!
✅Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook