Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
Maktabdagi elektr ta’minoti masalasi deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Mehnat mahallasida joylashgan 73-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida maktab hududida transformator mavjud bo‘lishiga qaramasdan, u elektr tarmog‘iga ulanmagani sababli muassasaning elektr ta’minoti bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, maktab rahbariyati ushbu masalani hal etishda amaliy yordamga ehtiyoj sezayotgani ma’lum bo‘ldi.

Deputat tomonidan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish, transformatorni ishga tushirish va maktabning elektr ta’minotini yaxshilash masalasi nazoratga olindi.

Ta’lim muassasalarida qulay sharoit yaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1