Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi Sh.Tursunqulov, Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov, kotibiyat mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputati G.Suvonqulovalar tomonidan Birlashgan mahallasida “Koʻmak” loyihasi asosida tashkil etilgan oʻquv markazi faoliyati yaqindan oʻrganildi.
Tashrif davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni oʻrgatishga qaratilgan oʻquv jarayonlari bilan tanishildi. Shuningdek, loyiha doirasida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda kelgusida munosib ish oʻrinlariga ega boʻlishlariga koʻmaklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Masʼullar tomonidan markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.
“Koʻmak” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday saʼy-harakatlar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasblarga oʻrgatish hamda jamiyatda munosib oʻrin egallashlariga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3