Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputati B.Boʻtayev tomonidan Sardoba tumanida 2026-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, tumandagi 12-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish loyihasining amalga oshirilish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosi, qurilish materiallarining sifati hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, obyektning bugungi holati va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi. Ta’lim muassasasida zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim muhitini shakllantirish hamda maktab infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarning ahamiyati ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar bildirildi. Mazkur loyiha ijrosi deputatlik nazorati doirasida muntazam kuzatib borilishi qayd etildi.

Slide 1 of 2