Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining 2025-yil 27-avgustdagi 01-06-13/3674-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2025-yil 13-sentabrdagi 40-son topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan “Chilonzor tumanini korrupsiyadan holi hudud”ga aylantirish hamda aholi o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Chilonzor tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Yuldashov Ilxom Ruziyevich hamda Chilonzor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Keldibekov Farxod Uralovichning hisobotlari tinglandi va muhokama etildi.

Muhokama davomida dasturda belgilangan vazifalar ijrosi, xususan sog‘liqni saqlash hamda maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tuman hokimligi, Adliya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida ta’lim muassasalarida “Profilaktika kunlari” va “Sinf soati” doirasida halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilayotgani, joriy yilning birinchi va ikkinchi choraklari davomida 19 ta shunday tadbir tashkil etilgani qayd etildi.

Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, tijorat banklari hamda elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti tashkilotlarida aholi va xodimlar o‘rtasida anonim ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularning natijalari tahlil qilingani hamda korrupsiyaviy xavf omillari aniqlanmagani ta’kidlandi.

Shuningdek, ijtimoiy soha muassasalari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning belgilangan muddatlarda Bandlik bo‘limiga taqdim etilishi ustidan nazorat o‘rnatilgani, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha infografikalar, targ‘ibot materiallari va ijtimoiy videoroliklar tayyorlanib, keng jamoatchilikka yetkazilayotgani qayd etildi.

Muhokama yakunida dasturda belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish hamda bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3