Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasi hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasi hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa hududida elektr uzatish tarmoqlariga daraxt shoxlari tegib turganligi, shuningdek, bolalar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ikki dona transformatorning muhofaza to‘siqlari bilan to‘liq o‘ralmaganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlarini tartibga keltirish, daraxt shoxlarini belgilangan tartibda butash hamda transformatorlarni xavfsizlik talablariga muvofiq muhofaza qilish yoki imkoniyatdan kelib chiqib ularni xavfsizroq hududga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2