Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
"AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

 "AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.Isaxonov tomonidan tuman
Kengashi doimiy komissiyalari kesimida o‘ziga biriktirilgan Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limida O‘zbekiston
Respublikasining "Aholi bandligini ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonuni
ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.


O‘rganish ishlarida kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov, “MADAD” NNT tuman
vakili X.Qodirov, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar
maslahat guruhi vakili J.Abdurashidovlar ishtirok etdi.


O‘rganish davomida aholini ish bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarni
kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band
qilish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar tahlil qilindi.


Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, qonun talablarining
amaldagi ijrosi hamda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan mas’ullar
bilan muhokamalar o‘tkazildi.


O‘rganish yakunida aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini
yanada oshirish, qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash hamda
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya
va ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga kiritildi va bartaraf etilishi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 9