Deputat fuqarolar murojaatlarini tingladi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati O. Artiqova Qadriyat mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, infratuzilma, kommunal xizmatlar, bandlik hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik talablariga muvofiq hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash orqali xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.