Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda tuman Kadastr palatasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatining deputat so‘rovi asosida Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qadriyat va Paxtaobod ko‘chalarida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati U. Bobojonov tashabbusi bilan Alisher Navoiy, Furqat, Gulzor hamda O‘zbekiston mahallalari "Yettiligi" va BSK tashkiloti hamkorligida ko‘p qavatli uy-joylar hududida obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida deputatlar faoliyatida foydalanish uchun 162 ta "Eng muhim qonunlar" to‘plami doimiy komissiyalar kesimida taqsimlandi.
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatiga oid hujjatlar rasmiylashtirilmoqda
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi

                Aholi farovonligi va ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal etish xalq vakillarining bosh maqsadidir. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Qurbonov tomonidan "Urgu" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichimlik suvi
ta’minotini yaxshilash borasidagi holat joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Mahalla ahlini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida hududga yangi ichimlik suvi nasosi olib kelib o‘rnatildi. Hozirda barcha zaruriy ishlar yakunlanib, mahalla aholisi toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlandi.
"Ichimlik suvi muammosi bugun o‘z yechimini topdi. Maqsadimiz — har bir xonadonga qulaylik va obodlik kirib borishini ta’minlashdir", — deydi deputat E.Qurbonov.Aholi deputatga va mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligini bildirmoqda. Ijro ishlari va sifat nazorati deputatning doimiy e’tiborida. 

   

Slide 1 of 2