Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat Furqat Sarimsakov tomonidan Yangikent mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

📍O‘rganish jarayonida fuqaro J. Sultonovning yashash xonadoni tom qismi kuchli shamol oqibatida zarar ko‘rgani aniqlandi.

🤝Mazkur holat yuzasidan deputat tashabbusi bilan mahalla budjeti mablag‘lari hisobidan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, xonadon tom qismini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan shifer mahsulotlari ajratildi.

🔨 Ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida xonadonning tom qismi to‘liq ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

✅Shu tariqa fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning yashash sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi.

Slide 1 of 3