Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda deputat O‘. Omonov tomonidan Yangiobod MFY hududidagi ko‘p qavatli turar joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ishlash holati, ulardan xavfsiz foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish sifati hamda yerto‘lalarning sanitariya va texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholiga qulay hamda xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Bunday o‘rganishlar fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda ko‘p qavatli uy-joy fondidan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7