Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v

30-iyun – Yoshlar kuni muborak!

Hurmatli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz taraqqiyoti, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini ta'minlashda sizlarning bilim va salohiyatingiz, tashabbuskorligingiz hamda fidokorona mehnatingiz alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, o'z iqtidorini namoyon etishi va munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Sizlarning har bir yutug'ingiz – Yangi O'zbekistonning yutug'i, har bir ezgu maqsadingiz esa Vatanimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.

Aziz yoshlar, barchangizga mustahkam sog'liq, cheksiz g'ayrat, ulkan zafarlar, ilm-fan va mehnat yo'lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo'lidagi ezgu ishlaringizda doimo omad yor bo'lsin!

30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo'lsin!

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi