Deputatlar tashabbusi: Baxmal tuman madaniyat bo‘limi binosi ta’mirlanadi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining 21-sessiyasida tuman deputatlari tomonidan hudud madaniy hayotini yuksaltirishga doir muhim qaror qabul qilindi.
Xalq vakillarining qat'iy tashabbusi bilan uzoq yillardan buyon ta’mirtalab bo‘lgan tuman madaniyat bo‘limi binosini mukammal ta’mirlash uchun mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratildi.
Deputatlar nazorati ostida:
Xalq deputatlari ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va qurilish sifati ustidan doimiy deputatlik nazoratini olib borishlarini ma’lum qildilar. Tez orada ushbu maskan tuman aholisi va yoshlari uchun zamonaviy madaniyat markaziga aylanadi.