Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga

 O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
 

  

O‘zbekiston
Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
to‘g‘risida»gi Qonunning 9-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish
bo‘yicha
 

TAKLIF 

  

1. Muammoning asoslanishi (Amaldagi holat tahlili) 

Xorijdan kirib kelayotgan innovatsion
oziq-ovqatlar (masalan, laboratoriyada o‘stirilgan sun’iy go‘sht, hasharotlardan
olingan proteinlar yoki kimyoviy sintez qilingan qo‘shimchalar) oddiy
mahsulotlar qatorida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ularning inson salomatligiga
uzoq muddatli ta’siri chuqur o‘rganilmaydi.
 

2. Moddaning matniga taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha 

Moddaga «Innovatsion
va noan’anaviy texnologiyalar asosida olingan oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus
bio-xavfsizlik ekspertizasidan o‘tkazish» majburiyatini kiritish. Bunday
mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatini uzoqroq va sinovlarini
qat’iyroq qilib belgilash.
 

3. Kutilayotgan natijalar 

Aholi genofondini noma’lum biologik xavflardan
himoya qilish.