Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Laboratoriya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi – doimiy nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda tuman Kadastr palatasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatining deputat so‘rovi asosida Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qadriyat va Paxtaobod ko‘chalarida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati U. Bobojonov tashabbusi bilan Alisher Navoiy, Furqat, Gulzor hamda O‘zbekiston mahallalari "Yettiligi" va BSK tashkiloti hamkorligida ko‘p qavatli uy-joylar hududida obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida deputatlar faoliyatida foydalanish uchun 162 ta "Eng muhim qonunlar" to‘plami doimiy komissiyalar kesimida taqsimlandi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat hududda elektr uzatish tarmog‘ini kengaytirish doirasida o‘rnatilayotgan beton elektr ustunlari, yangi elektr liniyalarini tortish hamda infratuzilmani mustahkamlash ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar va pudratchi korxona vakillari bilan suhbatlashib, qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida deputat ishlarni yuqori sifatda tashkil
etish, o‘rnatilayotgan beton ustunlarining mustahkamligi, elektr tarmoqlarining texnik talablarga to‘liq muvofiqligi va qurilish jarayonlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi.
 

Slide 1 of 4