Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
33-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati va “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
Aholi murojaati nazoratga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputat M. Karimova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

2026-yil 22-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 11-Guliston saylov okrugi hududidagi “Ishchilar” mahallasi aholisining muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Ishchilar” MFY, Paxtaobod ko‘chasi 2-uyda yashovchi To‘xtaxon Mahmudovaning xonadoniga tashrif buyurilib, yashash sharoiti bilan tanishildi. Aniqlanishicha, fuqaro 2-guruh nogironi bo‘lgan farzandi bilan birga istiqomat qilib kelmoqda hamda hozirda xonadon hovlisini ta’mirlash zarurligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ijtimoiy daftarlar imkoniyatlari doirasida zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan 10 kun muddat ichida yozma ravishda javob xati taqdim etish so‘raldi.

Aholi murojaatlari va ijtimoiy muammolar deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 2