Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
33-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati va “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
Aholi murojaati nazoratga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputat M. Karimova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

2026-yil 22-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 11-Guliston saylov okrugi hududidagi “Ishchilar” mahallasi aholisining muammolari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Ishchilar” MFY, Hakimova ko‘chasi 34-uyda yashovchi Nazokatxon Umurzoqova xonadoniga tashrif buyurilib, yashash sharoiti ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda fuqaro xorijda bo‘lib, xonadonda uning o‘g‘li Tursunboyev Sherzodbek istiqomat qilib kelmoqda. Xonadon hovlisini ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ijtimoiy daftarlar imkoniyatlari doirasida zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Shuningdek, ko‘rilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 10 kun muddat ichida yozma javob taqdim etish so‘raldi.

Aholi murojaatlari va ijtimoiy muammolar deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 2