Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘rganish jarayonida poliklinikaning Nayman, Nurlihayot va Navro‘z mahallalari aholisiga ko‘rsatayotgan tibbiy xizmatlari, mavjud sharoitlar hamda aholi salomatligini ta’minlash borasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan:
muassasada 4 nafar oila shifokori, 11 nafar tibbiy brigada hamshirasi, 5 nafar amaliyotchi hamshira, 3 nafar patronaj doya, 2 nafar laborant va 11 nafar kabinet hamshirasi faoliyat yuritayotgani;
poliklinika tomonidan jami 10 752 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgani; 

DMED tizimiga 10 561 nafar aholi biriktirilgani;
surunkali kasalliklar bo‘yicha D-nazoratda turgan 2 111 nafar bemor, 240 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar, 103 nafar 4-salomatlik guruhidagi aholi, 195 nafar homilador ayollar hamda 213 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar holati monitoring qilinayotgani o‘rganildi.

Shuningdek, yurak-qon tomir, endokrin tizimi va boshqa kasalliklar bo‘yicha nazoratda turgan bemorlarni rembursatsiya tizimi orqali bepul dori vositalari bilan ta’minlash ishlari ham ko‘rib chiqildi.

Yoshga doir skrining tekshiruvlari reja asosida hamda DMED tizimi orqali o‘z vaqtida amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda birlamchi tibbiy xizmat samaradorligini oshirish doimiy e’tibordagi masalalardan biridir.

Slide 1 of 3