Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Xayrullayev bilan birgalikda Nurli Pangat mahallasida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida xonadonlarda tomorqalardan samarali foydalanish, ekin maydonlariga ishlov berish, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish, mavjud yer maydonlaridan oqilona foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, tomorqalardan yuqori hosil olish, bo‘sh yer maydonlarini ekin bilan band qilish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari yuzasidan tavsiyalar berildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 1