Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 25-Bobodo‘g‘i saylov okrugidan saylangan deputati Otabek Tilavov tomonidan tasdiqlangan reja asosida saylov okrugidagi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Karimova, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan "Tuman Adliya bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot holati to‘g‘risida"gi masala yuzasidan tuman Adliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov hududida istiqomat qiluvchi murojaatchi fuqarolar bilan navbatdagi qabul va uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
“ADOLAT” SDP QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING VII-PLENUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Oqmachit mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
3-sonli texnikumdagi shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi MDPT fraksiyasi a’zolari Mamatxonov Bahodir Mullajon o‘g‘li va Tojiyev Kozimjon O‘ktamovichlar hamda tuman Kengashi deputatlari M. Karimova va F. G‘oziyevalar bilan birgalikda 20-sonli oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurildi.
янв.21
Deputatlar bilan muhim qonunlar mazmunini yetkazish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi MDPT fraksiyasi a’zolari Mamatxonov Bahodir Mullajon o‘g‘li hamda Tojiyev Kozimjon O‘ktamovichlar tashrif buyurishdi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalar i bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Komissiya raisi E.Yunusov raisligida o‘tgan yig‘ilishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert-maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri sifatida Marg‘ilon shahar hokimligi Uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash bo‘limi boshlig‘i O.Yuldashevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilishicha, davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etishda ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi aniq belgilangan. Fuqarolar uy-joy masalalari bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) yordamida elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatiga ega.

Mazkur tizim xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirish, inson omilini kamaytirish hamda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda Marg‘ilon shahrida jami 523 ta orderli xonadon mavjud. Shuningdek, shaharda uchta oilaviy yotoqxona faoliyat yuritmoqda:

- “Yovqochar” MFY, Turkiston ko‘chasi, 211-uy — 56 o‘rinli;
- “Go‘riavval” MFY, Safil to‘da ko‘chasi, 10-B uy — 88 xonadonli kvartira tipidagi yotoqxona;
- “Qashqar” MFY, B. Marg‘iloniy ko‘chasi, 2-B uy — 52 o‘rinli.

2025-yil davomida mazkur yotoqxonalarning koridorlari va tashqi fasad qismlari to‘liq ta’mirlandi. Ayniqsa, “Go‘riavval” mahallasidagi 88 xonadonli yotoqxonada isitish tizimi to‘liq yangilanib, qayta ishga tushirildi.

Mazkur loyiha uchun 620 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada ushbu yotoqxonada istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun qish mavsumini qulay sharoitlarda o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Hisobotda fuqarolar murojaatlari tahliliga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ma’lum qilinishicha, 2025-yil davomida virtual qabulxona orqali jami 164 ta murojaat kelib tushgan.

Joriy yilning shu davriga qadar esa 68 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 taga kamdir. Ushbu ko‘rsatkich sohada olib borilayotgan tizimli ishlar va muammolarni joyida hal etish amaliyoti samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 124-son qaroriga muvofiq, davlat uy-joy fondidagi xonadonlarda yashovchi fuqarolar belgilangan tartibda o‘z turar joylarini xususiylashtirish huquqiga ega.

Hisobot davrida bir nafar fuqaroning yashab turgan xonadoni qonunchilikda belgilangan tartibda xususiylashtirib berildi.
Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan davlat uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish hamda xizmatlar ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 6