Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar muammolari o‘rganildi
#Targ'ibot

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati bilan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida Hamza MFY binosida targ‘ibot va huquqiy tushuntirish uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning huquqiy ongini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
— ijtimoiy huquqlari;
— ta’lim olish bo‘yicha huquqlari;
— mehnat huquqlari;
— tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxramov hamda deputatlar “Madad” NNT Chinoz tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Z.Q. Boqijonov, Hamza MFY yettiligi ishtirok etib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga huquqiy asoslangan javoblar berilib, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Slide 1 of 4