O‘rganish davomida mahallada 24 ta yuridik shaxs hamda 28 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati mavjudligi, shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xonadonma-xonadon yurish orqali yer va mol-mulk soliqlarini undirish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.
Shu bilan birga, mahalla hududida soliqlarni undirish va to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida mahalla kanallari orqali targ‘ibot-tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolarga, ayniqsa pensionerlarga amaldagi qonunchilikka muvofiq mavjud soliq imtiyozlari haqida tushuntirishlar berib borilayotgani ma’lum qilindi.