Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
Mahalla xodimlari faoliyati

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq tumanning “Sijjak” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi S.Fazlidinov, xotin-qizlar faoli N.Maxkamova va ijtimoiy xodim P.Ashurmetova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq amalga oshirayotgan ishlari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida, avvalo, xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda “Ayollar daftari” bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Mutasaddining hujjatlari, murojaatlar bilan ishlash holati va belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔺Shuningdek, hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishi bo‘yicha olib borayotgan ishlari tahlil qilindi. Tadbirkorlikka qiziqish bildirgan fuqarolar bilan ishlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔺Nazorat tadbiri davomida ijtimoiy xodim faoliyati ham o‘rganilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi. Ijtimoiy xizmatlarning manzilli tashkil etilishi, murojaatlarning o‘z vaqtida hal qilinishi va ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔺O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, murojaatlar ijrosini qat’iy nazorat qilish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2