Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi 9-Jomiy saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi X.Abdulqayumov anklav hududida joylashgan mahalladagi 4-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Mazkur maktabda ko‘mir bilan isitiladigan 4 ta issiqlik qozonlari mavjud bo‘lib, barchasi soz holatga keltirilgan. Kuz-qish mavsumiga 60 tn. ko‘mirga ehtiyoji mavjud bo‘lib, bugungi kunda shahar
hokimligi bilan ko‘mirni olib kelish va zahiralash choralari ko‘rilmoqda.