Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida tumanning “Daxana” mahallasi 4-ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan uy yaqinidagi ko‘p yillik daraxtlarni butash orqali tartibga keltirish va qurigan shoxlarini kesish ishlarini amalga oshirishda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qilingan edi.
🔺Deputat S.Ramatjonov tomonidan aholi muammolarini hal etish yuzasidan 2026-yil 25-may kuni tuman hokimi o‘rinbosariga belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi chiqarilgan.
🔺Bugun deputatlik so‘roviga asosan 4-ko‘p qavatli uy yonidagi qurigan daraxtlar kesilib, qolgan daraxtlarni butash orqali tartibga keltirish ishlari olib borildi.