Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI, TEZ YORDAMNING O‘Z VAQTIDA YETIB BORISHI HOLATI O‘RGANILDI

Muassasada 4 nafar vrach, 23 nafar hamshira, 2 nafar kichik tibbiy xodim va 3 nafar qorovul faoliyat olib borayotgani ma’lum qilindi.

Oilaviy shifokorlik punkti tomonidan 7 340 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilib, shundan 1 122 nafar fuqaro doimiy tibbiy nazoratga olingan.

Profilaktik tadbirlar doirasida 1 300 dona Mebendazol tabletkasi 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tarqatilgan.

Shuningdek, 45 400 dona Yodamarin tabletkasi 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 1 356 nafar bolaga yetkazib berilgan.

2 040 dona Mikronutrient vositasi 6 oydan 23 oygacha bo‘lgan 68 nafar bolaga tarqatilgan.

Homilador ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida 50 qadoq Prenatal Vit N180 preparati 50 nafar homilador ayolga berilgan.

Bundan tashqari, hududda 10 nafar doimiy parvarishga muhtoj fuqaro nazoratga olinib, ularga zarur tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

O‘rganish davomida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda tez tibbiy yordam xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2