🔷 Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limining mas’ul xodimlari bilan birgalikda “G‘ambur” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
📋 O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, mutaxassislar tomonidan amaldagi qonunchilik talablari hamda murojaatni hal etish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
🤝 Shuningdek, murojaatda bayon etilgan masala yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, uni hal etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
✅ Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.