Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi o‘rinbosari Z.Ro‘zmetovning yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy sohadagi ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyada aniqlangan 225 nafar ishsiz yoshlarning bandligi to‘liq ta’minlangani, tadbirkorlik uchun 1,7 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratilgani hamda aholi skriningi va ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish ishlari ijobiy samara berayotgani qayd etildi.
Kengash qarori bilan mas’ullarga yoshlarni "Yoshlar daftari" va "otaliq" tizimi asosida qo‘llab-quvvatlash, tibbiy xizmat va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi, ijro nazorati deputatlar zimmasiga qo‘yildi.