Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusupov hamda ishchi guruh a’zolari tomonidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganildi hamda amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 Unda tuman Kengashi deputatlarining faoliyati, deputatlar yig‘ma jildlarining yuritilishi, kotibiyatning tashkiliy faoliyati, ish yuritish tizimi, ijro intizomi, mehnat tartibi hamda hujjatlar aylanishi holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, deputatlik so‘rovlari bilan ishlash, saylovchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish, deputatlarning o‘z saylov okruglaridagi faoliyati hamda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-836-IV va KQ-837-IV-son qarorlari ijrosi, Kengash kotibiyati faoliyatini tartibga soluvchi nizom va yo‘riqnomalar, nomenklatura hujjatlari, Kengash va doimiy komissiyalarning tasdiqlangan ish rejalari ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Deputatlik nazoratini kuchaytirish, sessiyalar samaradorligini oshirish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini tizimli monitoring qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📊 Tahlillar davomida Yunusobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2025-yilda yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda 2026-yilning o‘tgan davridagi deputatlik so‘rovlari ijrosi o‘rganilib, murojaatlarning amaliy yechimiga erishish, mas’ul tashkilotlarning javobgarligini oshirish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

🔎 Shuningdek, Kengash faoliyatining raqamlashtirilishi, “kengash.gov.uz” platformasi orqali amalga oshirilayotgan yozishmalar, deputatlik so‘rovlari va chiqish xatlari yuritilishi, sessiyalarni tashkil etish amaliyoti hamda Kengash faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish holati tahlil qilindi. Xususan, deputatlarning faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ijtimoiy tarmoqlarda ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

💡 O‘rganish yakunida deputatlarning faoliyat samaradorligini oshirish, deputatlik faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni kuchaytirish, sessiyalarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, doimiy komissiyalar faoliyatini faollashtirish hamda hududlardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

🤝 Yakunda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, Kengash va kotibiyat faoliyatini yanada takomillashtirish hamda joriy yil 8-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5