O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1109-sonli Qonuni bilan mahalliy davlat hokimiyati vakillik hamda ijro etuvchi organlarining vazifa va vakolatlari aniq belgilab berildi.
Mazkur Qonun ijrosini ta’minlash hamda davlat organlari faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish maqsadida, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan faol choralar ko‘rilmoqda.
Shahardagi turli tashkilot va idoralar rahbarlariga 107, 108, 109, 110, 111 va 112-sonli deputatlik so‘rovlari yuborildi.
Ushbu so‘rovlarning barchasiga mutasaddi tashkilotlar tomonidan ijobiy javob berildi.
Natijada, qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarning Urganch shahrida tizimli va samarali ijro etilishi ta’minlanmoqda.