Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev hamda Yangi davr MFY raisi L.Tursunovalar ishtirokida Yangi davr mahallasi Talabalar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqaro ish faoliyati davomida qo‘lidan jarohat olgani, jarrohlik amaliyotiga muhtojligi, biroq moddiy imkoniyati cheklanganligi sababli operatsiya xarajatlarini qoplay olmayotgani sababli amaliy yordam so‘rab murojaat qilgani aniqlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish hamda fuqaroga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish orqali masalani ijobiy hal etish belgilandi.

Slide 1 of 3