Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
33-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati va “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
Aholi murojaati nazoratga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputat M. Karimova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Namuna MFYdagi murojaatlar joyida o‘rganildi

Namuna MFYdagi murojaatlar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov tomonidan Namuna MFY fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda xonadonlar soni ortib borayotgani sababli yozning issiq kunlarida elektr energiyasi quvvatining yetarli emasligi yuzasidan aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi. Shuningdek, hududga yangi o‘rnatilgan beton elektr ustunlariga hali elektr simlari tortilmaganligi hamda ayrim joylarda ma’nan va jismonan eskirgan yog‘och elektr ustunlari mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, masalalarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi. Fuqarolar murojaatlarining ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5