Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi M.Kazakova hamda tuman Kengashi deputati L.Djamalova ishtirokida o‘rganish olib borildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi M.Kazakova hamda tuman Kengashi deputati L.Djamalova ishtirokida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-yanvardagi VII-20-5-7-100-K/26-son qarori bilan Payariq tumanida “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar doirasida Mirzo Ulug‘bek va Turkibola mahallalari hududidan o‘tuvchi 4K499 hamda 4K500 avtomobil yo‘llarining aholi gavjum bo‘lgan 3 kilometr qismini zarur infratuzilma bilan ta’minlash orqali 25 ta savdo va servis shoxobchasini tashkil etish loyihasining amalga oshirilish holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha uchun 5,08 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, o‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlar holati tahlil qilinib, loyihani belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 3