Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
Fuqarolar murojaati qabul qilindi va o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yildi

Fuqarolar murojaati qabul qilindi va o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyatiga Uchtepa tumani Tinchlikobod mahallasi hududidagi 24 va 6-sonli ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.

💼 Murojaatda Farhod va Shirin nomidagi 24/7-ko‘chadagi alleyada bolajonlar uchun o‘rnatilgan attraksionlarning ko‘p qavatli turar joylarga yaqin joylashtirilgani, shuningdek, mazkur obyektlarning amaldagi shaharsozlik va infratuzilma talablari hamda belgilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan deputatlik o‘rganishini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

📁 Shuningdek, fuqarolar ushbu masala bo‘yicha xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov nomiga yozma ariza bilan murojaat qilayotganliklarini ma’lum qildilar.

🗂 Murojaat O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq belgilangan tartibda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati tomonidan qabul qilib olindi.

💬 Fuqarolarga murojaat qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi, masala yuzasidan Kengashning tegishli doimiy komissiyasi bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari tashkil etilishi hamda natijalari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda xulosa va takliflar tayyorlanishi yuzasidan tushuntirish berildi.

🔼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6