Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tibbiyot muassasalarida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi mavjud shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G'.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G.Rahmatova Gumbaz mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Abduraxim g‘ishtchi” xususiy korxonasi faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U.Bobojonov hamda tuman hokimligi devonxona mudiri Sh.Rajabov bilan birgalikda tuman hokimligida fuqarolar qabul qilindi.
янв.21
Kambag‘allik reyestridagi oilalar holidan xabar olindi.
Mahallada o'rganish ishlari olib borildi

Mahallada o'rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Ch.Normo'minov "Yangi hayot" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputat mahalladagi 14-sonli umumta'lim maktabida o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda yoshlar ta'lim-tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, maktab va ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Ch_Normominov

Slide 1 of 3