Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda tuman Kadastr palatasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatining deputat so‘rovi asosida Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qadriyat va Paxtaobod ko‘chalarida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati U. Bobojonov tashabbusi bilan Alisher Navoiy, Furqat, Gulzor hamda O‘zbekiston mahallalari "Yettiligi" va BSK tashkiloti hamkorligida ko‘p qavatli uy-joylar hududida obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida deputatlar faoliyatida foydalanish uchun 162 ta "Eng muhim qonunlar" to‘plami doimiy komissiyalar kesimida taqsimlandi.
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatiga oid hujjatlar rasmiylashtirilmoqda
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI

✔️Tashrif davomida mahallada xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar tizimli ravishda oʻrganildi. Jumladan, mahalladagi xotin-qizlarni tadbirkorlikka, kasanachilik va hunarmandchilik faoliyatlariga jalb etishga qaratilgan ishlar samarali yoʻlga qoʻyilgani alohida qayd etildi.

🖊Bundan tashqari, xotin-qizlar faoli tomonidan har oyda kamida 20 dan ortiq oilaga kirib, oilaviy qadriyatlarni targʻib etish, nikohlarning qonuniyligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar bilan manzilli ish olib borilib, har oyda kamida 5 ta oila sogʻlom turmush tarziga qaytarilayotgani taʼkidlandi.

👥Uchrashuv yakunida mahalladagi xotin-qizlar faoliga mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, aholi muammolariga manzilli yondashuvni kengaytirish hamda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettirish boʻyicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3