Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Laboratoriya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi – doimiy nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda tuman Kadastr palatasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatining deputat so‘rovi asosida Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qadriyat va Paxtaobod ko‘chalarida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati U. Bobojonov tashabbusi bilan Alisher Navoiy, Furqat, Gulzor hamda O‘zbekiston mahallalari "Yettiligi" va BSK tashkiloti hamkorligida ko‘p qavatli uy-joylar hududida obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida deputatlar faoliyatida foydalanish uchun 162 ta "Eng muhim qonunlar" to‘plami doimiy komissiyalar kesimida taqsimlandi.
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarorining 1-ilovasining 8-bandiga asosan, Termiz tumani Gulbahor MFYdagi Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi ichki yo‘llarini 2746 metr uzunlikda asfaltlashtirish tadbiri uchun 1 mlrd 647,6 mln so‘m mablag‘ tasdiqlangan.

Mazkur loyiha bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, 2026-yil 13-may kuni buyurtmachi — Surxondaryo Mintaqaviy Yo‘llarga Buyurtmachi Xizmati UK hamda pudratchi “General Electronic” MCHJ o‘rtasida №247779-sonli shartnoma imzolangan.

Shartnomaning 12-bandiga muvofiq, tanlov savdolari natijasiga ko‘ra qurilish ishlarini bajarish muddati ishlar boshlangan kundan e’tiboran 45 kun etib belgilangan hamda ishlarni boshlash sanasi birinchi avans mablag‘i o‘tkazilgan kundan hisoblanishi qayd etilgan.

Hozirgi kunda Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari to‘liq yakunlanganligini ma’lum qilamiz.

Slide 1 of 3