Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U.Bobojonov tomonidan “Qiziltepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limidagi avariya zaxira omborxonasi faoliyati ham o‘rganildi.
янв.21
Hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Karimova, tuman prokurori J.Toshev hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i F.Muxammadov Gʻoyibon mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 16-Oboddiyor saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati G.O‘roqova o‘z okrugidagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holatlarini o‘rgandi.
янв.21
O‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Kommunal xizmatlar sifati va aholiga yaratilayotgan sharoitlar muhokama qilindi
янв.21
Paxtaobod mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga yaratilgan imtiyozlar va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati J.Hasanov “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman miqyosidagi mutasaddilarga deputatlik so‘rovlarini yubordi.

Murojaatlar negizida hududdagi eng og‘riqli uchta masala — tibbiyot, ekologiya va maktabgacha ta’lim muammolari aks etgan:

1. Olis qishloq aholisi uchun mobil tibbiyot xonasi tashkil etiladi

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Yuldoshevga.

Tuman markazidan qariyb 20 km uzoqlikda joylashgan “Madaniy turmush” qishlog‘ida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun bino yo‘q. Keksalar, homilador ayollar va yosh bolali onalar oddiy muolajalar uchun ham uzoq yo‘l bosishga majbur bo‘lmoqda.

Hududda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan 1 xonali maxsus tibbiyot konteynerini (mobil ijtimoiy xona) ajratish va uni zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash choralari ko‘rib chiqilishi so‘raldi.

2. O‘zbekiston ko‘chasidagi chiqindi muammosi bartaraf etiladi

“Bio tex eko” MChJ rahbari K.Shomurodovga.

Mahallaning O‘zbekiston ko‘chasida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani sababli noqonuniy chiqindi uyumlari yuzaga kelgan. Havo isib borayotgani sababli badbo‘y hid va yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi ortmoqda.

Chiqindi uyumlarini qisqa muddatda to‘liq tozalash hamda maxsus transport vositalarining qat’iy grafik asosida kelishini ta’minlash talab qilindi.

3. Mahallada 150 o‘rinli bog‘cha qurish zarurati qo‘yildi
Tuman hokimi o‘rinbosari S.Tashanovaga.

“Tolto‘g‘ay” mahallasida bog‘cha yoshidagi (3–7 yosh) bolalar soni juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, hududda birorta ham maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emas.

Mahallada kamida 150 o‘rinli zamonaviy bog‘cha qurish yoki uni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini asoslantirgan holda ko‘rib chiqish masalasi ilgari surildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq, deputatlik so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish mansabdor shaxslarga qonuniy javobgarlik keltirib chiqaradi.