Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati A.Bo‘tayev “Navro‘z” mahallasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari jarayoni bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilik vakillari bilan birgalikda nazorat qildi.
O‘rganish davomida yo‘l qurilishida olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan me’yorlarga muvofiqligi hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Deputat tomonidan mas’ul tashkilot vakillariga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, yo‘llarning uzoq muddat xizmat qilishi uchun barcha texnik talablarga rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.