Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U.Bobojonov tomonidan “Qiziltepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida aholiga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz zaxiralari va ta’minot holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova 27-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan muzey faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi
янв.21
2026-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Xalqparvar komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududdagi ishlar samaradorligi o‘rganildi
📚 “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Xitoy mahallasida joylashgan 23-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📖 O‘rganish davomida ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, pedagog xodimlar faoliyati hamda ta’lim jarayonining qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

📝 Shuningdek, maktabdagi ichki muhit, dars jarayonlari, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 2